Bekobod tumanining rasmiy nashri

“Vorislik faqat faxrlanish emas, vorislik bu ulkan mas'uliyat hamdir!” — Shavkat Mirziyoyev

Yangi Bekobod

YANGI BEKOBOD

Toshkent viloyati Bekobod tumani ijtimoiy-siyosiy gazetasi

№37 (8055) · 30-sentabr, 2026
Gazeta 1931-yildan chiqib kelmoqda
Har haftada — payshanba kuni
Kundalik yangiliklar

Bekobod taraqqiyotining yangi sahifalari: ishsizlik 4,4 foizga, kambag‘allik 3,8 foizga tushdi

24.08.2026Mirg'iyos Mahkamboyev

Mustaqilligimizning 35 yilligi bilan bir qatorda Bekobod tumani tashkil topganining 100 yilligi nishonlanayotgan bir paytda tuman o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ymoqda.

So‘nggi bir yarim yilda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va qishloq xo‘jaligida samaradorlikni ta’minlash borasida izchil ishlar amalga oshirildi. Hudud chin ma’noda ishlab chiqarish, qurilish va bunyodkorlik maydoniga aylandi.

Davlatimiz rahbari tomonidan tumanni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan edi. Xalqchil qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tgan yili Xalq deputatlari tuman Kengashi va barcha faollarga tuman hokimi nomidan murojaat yo‘llanib, tumanda barcha jabhadagi ishlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqish uchun “Dolzarb 14 oylik” safarbarlik e’lon qilindi.

Natijalar: – o‘tgan yil boshida tumanda ishsizlik darajasi 5,9 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2025-yil yakunida 4,4 foizga tushirildi; – kambag‘allik darajasi bir yil oldingi salkam 10 foizdan 3,8 foizga kamaydi; – o‘tgan yili umumiy qiymati 670 milliard so‘mlik 2350 ta o‘rta va mikroloyiha ishga tushirilib, 2800 dan ziyod doimiy ish o‘rni yaratildi.

Bu ijobiy o‘zgarishlarni davom ettirish uchun joriy yilda jami resurslar hisobidan qariyb 34 mingta ish o‘rni yaratilib, 1700 ta oila kambag‘allikdan chiqarilishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Kichik biznes va tadbirkorlik yo‘nalishida yil yakunigacha jami qiymati 850 milliard so‘mlik 3500 ta loyiha hayotga tatbiq etilib, 4,5 mingga yaqin yangi ish o‘rni ochiladi.

Prezidentimizning tumanga ko‘rsatayotgan yuksak ishonchi va e’tiboriga munosib javob sifatida shu yil yakunigacha tumanda ishsizlik va kambag‘allikka butunlay barham berish asosiy marra sifatida belgilangan.