Bekobod tumanining rasmiy nashri

“Vorislik faqat faxrlanish emas, vorislik bu ulkan mas'uliyat hamdir!” — Shavkat Mirziyoyev

Yangi Bekobod

YANGI BEKOBOD

Toshkent viloyati Bekobod tumani ijtimoiy-siyosiy gazetasi

№37 (8055) · 30-sentabr, 2026
Gazeta 1931-yildan chiqib kelmoqda
Har haftada — payshanba kuni
Kundalik yangiliklar

Bekobodda “Oybek” erkin savdo zonasi va bojxona posti loyihalariga start berildi

29.07.2026Sarvinoz Sheraliyeva

Joriy yilning iyul oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan qator yirik investitsiya va infratuzilma loyihalariga start berdi. Ular qatoridan Bekobod tumanidagi loyihalar ham o‘rin oldi.

Germaniyaning “Hyper Partners GmbH” kompaniyasi tomonidan “Oybek” erkin savdo zonasi loyihasini amalga oshirish hamda O‘zbekiston va Tojikistonni bog‘lovchi “Oybek” bojxona postini rekonstruksiya qilish ishlari rasman boshlandi.

Bu loyihalar ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, logistika imkoniyatlarini kengaytirish, yuk tashishni tezlashtirish, investitsiyalar oqimini ko‘paytirish va hududning eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari “Bekobod Invest” kompaniyasining “Bashkortoston” loyihasiga ham rasmiy start berdi. Loyiha doirasida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yangi ish o‘rinlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Yangi loyihalar tumanning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sanoatni diversifikatsiya qilish va hudud iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi. Ular Bekobodning nafaqat Toshkent viloyati, balki butun mamlakat iqtisodiyotidagi strategik o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.