Yangi Bekobod — Toshkent viloyati Bekobod tumani ijtimoiy-siyosiy gazetasi
Bekobodda Mustaqillikning 35 yilligi va tumanning 100 yilligi keng nishonlandi
Bayram kuni tumanda yangi mahalla binolari va bog‘cha ochildi, fotoko‘rgazma va ijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kechqurun Zafar shaharchasidagi Markaziy o‘yingohda katta bayram tantanasi o‘tkazildi.
Kundalik yangiliklar
Oq oltin dalalarida mas’uliyatli mavsum
Toshkent viloyati ishchi guruhi Bekobod tumanidagi paxta dalalarini o‘rganib chiqdi. Mas’ullarga hosilni o‘z vaqtida va nobudgarchiliksiz terib olish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Tuman Kengashining 31-sessiyasi bo‘lib o‘tdi: deputatlar maktablardagi holatni o‘rgandi
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining 31-sessiyasida bandlik, ta’lim sifati va obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi. Deputat Gulchehra Risqulova tumandagi maktablarda o‘tkazilgan o‘rganish natijalarini e’lon qildi.
Bekobod taraqqiyotining yangi sahifalari: ishsizlik 4,4 foizga, kambag‘allik 3,8 foizga tushdi
So‘nggi bir yarim yilda Bekobod tumanida ishsizlik va kambag‘allik darajasi sezilarli kamaydi. Joriy yilda 850 milliard so‘mlik 3500 ta loyiha hisobiga 4,5 mingga yaqin yangi ish o‘rni ochiladi.
Nurafshonda Kelajak texnologiyalari markazi barpo etiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-iyul kuni Toshkent viloyatiga tashrif buyurib, “Cyber University” bilan tanishdi. U 500 million dollarlik Kelajak texnologiyalari markazi qurilishiga tamal toshi qo’ydi. Yangi loyihalar qatorida Bekobod tumanidagi ikkita yirik investitsiya loyihasi ham bor.
Bekobodda “Oybek” erkin savdo zonasi va bojxona posti loyihalariga start berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi yirik loyihalar qatorida Bekobod tumanidagi “Oybek” erkin savdo zonasi, “Oybek” bojxona postini rekonstruksiya qilish va “Bekobod Invest”ning “Bashkortoston” loyihasiga start berdi.
Sonlar arxivi
1931-yildan bugungi kungacha barcha sonlar — PDF formatda
